Janubiy Koreyaning apellyasiya sudi Samsung Eletronics kompaniyasining vise-prezidenti Li Chje Yonni besh yilik qamoq jazosidan ozod qildi va ozodlikka chiqardi. 2017 yilning fevral oyida biznesmen katta miqdorda pora berganlikda ayblanib qamoqqa olingan edi. Shu bilan birga uni yolg`on ko`rsatmalar berganlikda ham ayblashgan.
Li Chje Yon qamoqda 353 kun o`tirdi. Uning aytishicha, o`z vaqtini u mazmunli o`tkazishga harakat qilgan:
- Afsuski o`zimni yaxshi tomondan ko`rsata olmadim. Qamoqda o`tkazgan vaqtim men uchun juda muhim, men ko`p narsa haqida o`ylab ko`rdim.
Biznesmen advokatining aytishicha, Li Chje Yon Oliy sudga apellyasiya bilan murojaat qilib ayblovning ba`zi punktlarini yo`q qilishga erishmoqchi.
Biznesmen kompaniya tepasiga 2014 yilda otasi Li Gon Xi yurak hurujidan vafot etganidan so`ng kelgan edi.






