AsosiyDunyo

Maldivda favqulodda vaziyat e`lon qilindi

'Maldivda favqulodda vaziyat e`lon qilindi'ning rasmi

Maldiv davlati Prezidenti Abdulla Yamin kecha mamlakatda o`n besh kunlik favqulodda vaziyat e`lon qildi.

“Reuters” AA xabariga ko`ra, mamlakat Oliy sudi tomonidan ushbu davlatning terrorizmda ayblanib sudlangan sobiq rahbari Muhammad Nashid va muxolifatning sakkiz nafar etakchisiga nisbatan ayblov hukmi bekor qilingandan so`ng shunday qarorga kelingan.

Hukumat Oliy sud qarorini ijro etishdan bosh tortgan. Maldiv Prezidentining fikricha, Oliy sud unga impichment e`lon qilishga tayyorlanayapti. Favqulodda vaziyat joriy etilishining sababi “milliy xavfsizlikka tahdid” sifatida ko`rsatilgan.

Manbada qayd etilishicha, shu voqeadan so`ng Oliy sud binosiga Maldiv milliy xavfsizlik xizmati xodimlari bostirib kirgan.

    Boshqa yangiliklar