AsosiyDunyo

Yuqumli kasalligi bor ayollar fohishalik bilan shug`ullangani fosh qilindi

'Yuqumli kasalligi bor ayollar fohishalik bilan shug`ullangani fosh qilindi'ning rasmi

Olma-otalik erkak yuqumli kasalligi bor ayollar ishtirokida fohishaxona tashkil etganligi fosh qilindi, deb xabar berdi Sputnik Qozog`iston nashri.

Fohishaxona tashkil etgan Olma-ota fuqarosi ustidan sud hukmi o`qib eshittirildi. Erkakka nisbatan ozodlikdan mahrum qilish chorasi qo`llanildi, u jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o`taydi.

Ma`lum bo`lishicha, 48 yashar olma-otalik shaharga vaqtincha yashash uchun kelgan ayollarni fohishalik bilan shug`ullanishga undagan.

Tergov jarayonida, erkak ularni o`zi bilan olib kelib, kvartirani ijaraga olgani, u erda fohishaxona tashkil qilgani va ko`rsatilgan shahvoniy xizmatlar evaziga olingan pullarning kattagina qismini o`zlashtirib kelgani aniqlangan.

Shuningdek, qizlardan biri sil kasalligi bilan og`rigani, ikkinchisi esa 2016 yildan buyon "sifilis" tashxisi bilan hisobda turishi aniqlangan.

Fuqaro A.E sud tomonidan Qozog`iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 194 moddasi (tamagirlik qilish) bo`yicha aybdor deb topilgan. U olti yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Erkak o`z aybini tan olmagan va hukm ustidan shikoyat qilishini bildirgan.


    Boshqa yangiliklar