Checheniston rahbari Ramzan Qodirov maktabdagi o`qituvchilar maosh olishlari, kutubxona uchun allaqachon kitoblar xarid qilinganiga aniqlik kiritdi, deb xabar berdi Sputniknews-uz.com nashri.
Shuningdek, bolalar darsliklar va kiyim-kechak bilan ta`minlangani, bir kunda ikki mahal ovqatlanishlari haqida aytib o`tildi.
“Axmat Qodirov nomidagi regional jamoatchilik fondi Bangladeshda myanmalik qochqinlar lagerida etim-bolalar uchun maktab ochdi”, deb xabar qildi Checheniston rahbari Ramzan Qodirov.
"Myanma bilan chegaradosh Bangladesh hududida qochqinlar uchun tashkil etilgan eng yirik lagerda maktab ochilishi bo`yicha ishlar yakunlandi. U etim-bolalar uchun mo`ljallangan. Maktabga Rossiya qahramoni Axmat-Hoji Qodirov nomi berildi. Ta`lim muassasasida mingga yaqin o`g`il bolalar va qizlar tahsil oladi. O`qish jarayoni boshlab yuborilgan", — deb yozgan Qodirov o`zining "Vkontakte"dagi sahifasida.
Qodirov shuningdek, maktabdagi o`qituvchilarga maosh to`lanishi, maktab kutubxonasi uchun allaqachon kitoblar xarid qilinganiga aniqlik kiritgan. Bolalar darsliklar va kiyim-kechak bilan ta`minlangan, bir kunda ikki mahal ovqatlanishadi.
"Dastlabki loyiha bo`yicha ikkita quduq qazilishi kerak edi. Ammo suv favqulodda kamligi. etishmasligini tushunib, Rossiya qahramoni Axmat-Hoji Qodirov nomidagi jamoatchilik fondi quduqlar sonini yigirmatagacha etkazishga qaror qildi. Ulardan ettitasi ekspluatasiyaga kiritilgan", — qo`shimcha qilgan Qodirov.
Lagerda shuningdek, tibbiyot punktlari ochiladi. "Bu yirik ijtimoiy loyiha bo`lib, bir nechta masalalarga echim topishga qaratilgan. Birinchi galda, kichik yoshdagi bolalar o`qish va yozishga o`rgatiladi. Boshlang`ich ta`limni olishga ulgurgan bolalar esa fanlar bo`yicha o`z bilimlarini kengaytiradilar… Minglab bolalar, o`smirlar, yigit va qizlar savodli bo`ladi, ochlik neligini unutishadi", — xotima qilgan Checheniston rahbari.






