AsosiyDunyo

Xitoyning cho`yan zavodida gaz chiqishi oqibatida 8 kishi halok bo`ldi

'Xitoyning cho`yan zavodida gaz chiqishi oqibatida 8 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Xitoyning janubiy qismida joylashgan Guandun provinsiyasidagi cho`yan zavodida ro`y bergan avariya tufayli is gazidan 10 kishi zaharlandi, 8 kishi halok bo`ldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Voqea 5 fevral kuni ro`y berdi. Syuyszyan tumanida joylashgan cho`yan zavodida noma`lum sabablarga ko`ra, gaz quvurida avariya ro`y berdi.

O`sha paytda zavodda bo`lgan 18 kishi kuchli zaharlaganligi tufayli zudlik bilan kasalxonaga etkazildi. Biroq ularning 8 nafari halok bo`ldi. Qolgan 10 kishining hayoti xavf ostida emas.

Hodisa yuz bergan joyga huquq-tartibot idorasi xodimlari, qutqaruvchilar va tuman ma`muriyati rahbari etib keldi. Ayni paytda hodisa tafsilotlari o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar