1

Qoraqalpog`istonda qariyb 43 mlrd so`mlik zamonaviy ko`prik qurilmoqda

Jamiyat 01.05.2014, 10:35
Qoraqalpog`istonda qariyb 43 mlrd so`mlik zamonaviy ko`prik qurilmoqda

Bugungi kunda G`arb va sharqni bir-biriga bog`lovchi G`uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu avtomobil yo`lining qurilishi jadal suratlarda olib borilmoqda.

Ushbu xalqaro avtomagistralning 652 kilometri Qoraqalpog`iston Respublikasi hududidan o`tadi. Bu avtotrassa qurilishida Taxiatosh shahridagi ko`prik xo`jaligini saqlashga ixtisoslashtirilgan ta`mirlash-foydalanish korxonasi ham faol ishtirok etmoqda, deya xabar beradi O`zA.

Hozir A-380 avtomagistralining 753-765 kilometr uchastkasida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Bunga qo`shimcha avtomagistralning Nukus-Chimboy-Taxtako`pir yo`li bilan kesishadigan joyida zamonaviy ko`prik qurish ishlarini o`tgan yili noyabr oyida boshlangan edi. Bu erda 42 milliard 480 million so`mlik qurilish ishlari bajarilib, inshoot Vatanimiz mustaqilligining 23 yilligi bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi, deydi korxona rahbari Rashid Jo`ldasov.

Qurilish ishlariga ekskavator, greyder, samosval, kran, asfalt yotqizish mashinasi singari oltmishga yaqin texnika jalb etilgan.

Ko`prikka olib chiqadigan to`rt tomondan aylanma yo`l qurilishi ham jadal davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1