1

Buxoroda “moshinafurush” firibgarlar faoliyatiga chek qo`yildi

Jinoyat 06.02.2018, 17:20
Buxoroda “moshinafurush” firibgarlar faoliyatiga chek qo`yildi

Buxoro shahar IIBga, Urganjiyon ko`chasida yashovchi Muhammedov A`zam Muzaffarovich ariza orqali murojaat qilib, Sharq-1 ko`chasi, 23/77-xonadonda yashovchi, Qo`ldashev Rajabboy Ergashevich o`zining jinoiy sherigi 1980 yilda tug`ilgan“LUNA SALE PLYUS” MChJ rahbari bo`lib ishlaygan, Bog`ishamol ko`chasi 28-uyda yashovchi Narzullaev Umid Nurullaevich bilan o`zaro oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo`lib, uning ishonchiga kirib Mustaqillik ko`chasida joylashgan “FLAGMAN” kafesi oldida uchrashib, unga arzon narxda avtomashina olib berishini va`da qilib, ishonchini suiiste`mol qilib, A.M.Muhammedovning 4.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklarini bildirgan.

Shuningdek, R.Qo`ldashev va U.Narzullaevlar o`zlarining jinoiy harakatlarini takroran qasddan davom ettirib, Romitan tumani, Furqat ko`chasi 12-uyda yashovchi Qurbonov Raxim Nizomovichning ham ishonchiga kirib, Gazli shoh ko`chasi hududida uchrashib, unga arzon narxda avtomashina olib berishini va`da qilib, R.N.Qurbonovning 10.400.000 so`m naqd pul va 2.700 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganlar.

Mazkur holat yuzasidan R.Qo`ldashev va U.Narzullaevlarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1