1

Uch nafar piyodani urib ketgan millisiya xodimiga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi

Jamiyat 01.05.2014, 11:38
Uch nafar piyodani urib ketgan millisiya xodimiga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi

23 aprel kuni Toshkent shahar IIBB PPX 3 batalon 2 otryadiga tegishli bo`lgan davlat raqami 01 906 JCA bo`lgan «Neksiya» rusumli avtoekipaj haydovchisi  Baxtiyor Tolipov katta tezlikda kelib, uch nafar piyodalar 1981 yilda tug`ilgan Dmitriy Kurbatov, 1988 yilda tug`ilgan homilador Lyudmila Garbanova hamda uning qizi Kristina Garbanovani urib ketgan.

Respublika huquqni himoya qilish organlarga tayangan holda 12news.uz portali bergan xabarga ko`ra, bo`lib o`tgan YTH oqibatida piyodalarning ikki nafari halok bo`lgan.

«Tibbiyot muassasalari hamda haydovchi Baxtiyor Tolipovning ota-onasi tomonidan jabrlangan oilalarga barcha yordam ko`rsatilmoqda. IIBB PPX brigadasi xodimlari yordam tariqasida kerakli qonni o`z hohishlariga ko`ra topshirishmoqda.

Hozirda Uchtepa tuman prokuraturasi tomonidan B.Tolipovga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1