1

O`zbekistonda 73 mingdan ortiq fermer 5,9 million gektardan ortiq erni uzoq muddatli ijaraga olgan

Jamiyat 01.05.2014, 11:56
O`zbekistonda 73 mingdan ortiq fermer 5,9 million gektardan ortiq erni uzoq muddatli ijaraga olgan

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida agrosanoat sohasida raqobatbardoshlikni oshirish va eksport salohiyatini yuksaltirish masalalariga bag`ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo`lib o`tdi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo`jaligi masalalari qo`mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi va O`zbekiston Fermerlari kengashi mutaxassislari, oliy o`quv yurtlari professor-o`qituvchilari, tadqiqotchilar, talabalar ishtirok etdi, deya xabar beradi O`zA.

Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, hosildorlikni oshirish, mahsulotlarning jahon bozorida raqobatdoshligini ta`minlovchi innovasiyalarni qo`llash mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Tadbirda ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarida qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qadoqlash va saqlash, tarmoqda samaradorlikni oshirish, agrosanoat istiqbollari, meva-sabzavotchilikda agroklasterlarni tashkil etishda jahon tajribasidan foydalanish xususida so`z yuritildi.

Mamlakatimizda 73 mingdan ortiq fermer xo`jaligi faoliyat yuritadi.  Ularga 5,9 million gektardan ortiq er maydoni uzoq muddatli ijaraga berilgan. Soha rivoji uchun barcha huquqiy asoslar yaratilgan. Berilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan to`g`ri foydalanib seleksiya va urug`chilikni yanada rivojlantirish, mehnatni to`g`ri tashkil etish ustuvor vazifadir. Bunda soha xodimlarining bilim, tajriba va professional mahorati muhim o`rin tutadi.

Anjumanda qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sanoati va eksport salohiyati tahlili, jahon agrar va oziq-ovqat bozorlariga integrasiyalashuv sharoitida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash, sohada modernizasiyalash tadbirlari kabi mavzularda ma`ruzalar tinglandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1