AsosiyDunyo

Amerikalik sosiologlar munosib turmush yoshini aytishdi

'Amerikalik sosiologlar munosib turmush yoshini aytishdi'ning rasmi

Matematik amallar va sosiologik izlanishlar orqali mutsahkam turmush qurish uchun munosib yosh hisob-kitob qilindi. Unga ko`ra, 28-30 yosh oralig`ida qurilgan oilalar nisbatan mustahkam bo`lar ekan.

Shu yosh oralig`ida oila qurganlar hech bo`lmaganda ilk 5 yil mobaynida ajrashish haqida o`ylab ko`rishmaydi. Bu esa ularning keyingi mustahkam oilaviy rishtalari uchun zarur poydevor yaratadi.

Mazkur tadqiqot Yuta universiteti sosiologi Nik Volfinger tomonidan o`tkazilgan va «Oila tadqiqotlari markazi» tomonidan nashr qilingan.

Tadqiqot natijalari 20 yoshgacha qurilgan turmushning omonat bo`lishi va uning keyinchalik muvaffaqiyatsizlikkka yuz tutish ehtimoli yuqori bo`lishini ko`rsatgan.

25 yoshdan 32 yoshgacha bo`lgan insonlar o`rtasida qurilgan oilalar o`rtasida ajrashish holati juda kam bo`lgan.

Sosiologlar oilaning mustahkamligi ko`proq erkakning yoshiga bog`liq masala ekanini, erkakning turmush o`rtog`i bilan yoshidagi farq 3-4 yoshdan oshmasligi zarurligini aytishmoqda.

    Boshqa yangiliklar