“Qarshi” xalqaro aeroporti “O`zbekiston havo yo`llari” MAK tarkibidan chiqariladi. Bu davlat rahbarining "Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarorida ko`zda tutilgan. Hujjat matni "O`zA"da keltirilgan.
Belgilanishicha, “Qarshi” xalqaro aeroporti xalqaro aeroportlarni boshqarish bo`yicha maxsus kompaniya boshqaruviga beriladi. Aeroport hududida “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi hamda loukoster aviakompaniyalarini jalb qilgan holda 1 iyulgacha “Qarshi” xalqaro aeroportini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.