Germaniyada o`tkazilgan karnavaldan so`ng 18 yoshli qiz oyoq kuyishi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Voqea Germaniyaning Eppingen shahrida o`tkazilgan karnavalda yuz berdi. Jodugarlar libosini kiyib olgan ikki kishi hazillashib, qizni ko`targancha ichida suv qaynayotgan qozonga botirgan. Ulardan biri qizni ko`tarib turgan, ikkinchisini esa uning oyoqlarini qaynoq suvga tiqqan.
Polisiyachilar ayni paytda jodugarlar libosini kiyib, mazkur jinoyatni amalga oshirgan noma`lum shaxslarni qidirmoqda. Ular ehtiyotsizlik tufayli inson sog`ligiga ziyon etkazishda ayblanmoqda. Qiz esa kasalxonada yotibdi. Shifokorlarning ma`lumot berishicha, u yana biror hafta davolanishi lozim.
«Fastnaxt» festivali — har yili Germaniyada o`tkaziladigane karnavallardan biri hisoblanadi. Unda ishtirok etgan odamlardan ertak va afsonalardagi jodugarlarning, shaytonlarning, masxarabozlarning va boshqa qahramonlarning liboslarini kiyish talab etiladi.