Amerikaning Powerball lotereyasi g`olibasi bo`lib, 560 million dollar yutuqqa ega bo`lgan ayol pulni olish uchun o`zi haqidagi shaxsiy ma`lumotlarni berishni istamadi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Ayol yutuqni anonim tarzda olish uchun sudga murojaat qilishni rejalashtirdi. U sud hujjatlarida o`zini Jeyn Dou (Jane Doe) deb tanishtirgan. Ayol bunday yutuqqa ega bo`lganligini firibgarlar va o`g`rilar bilib qolishidan xavfsiramoqda.
U do`konga va boshqa tadbirlarga bemalol borish uchun katta yutuqqa ega bo`lganini hech kim bilishini istamadi.
Biroq Nyu-Gempsher qonunlariga binoan kimning g`olib bo`lgani omma oldida oshkor etilishi lozim. Ayol ayni vaqtda yutuqli chiptaga imzo chekkan, ammo uning boshqa ism-sharifda imzo chekkani yutuqni yo`qqa chiqaradi.






