1

Media kunlar nihoyalab bormoqda

Jamiyat 02.05.2014, 11:24
Media kunlar nihoyalab bormoqda

Avval xabar berganimizdek 28 apreldan bugunga qadar Xalqaro so`z va matbuot erkinligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan media kunlar nihoyasiga etmoqda.

Tadbir O`zbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari Milliy Assossiasiyasi (O`zEOAVMA) EXHT, K.Adenauer jamg`armasi, YuNESKOning O`zbekistondagi vakolatxonasi kabi xalqaro hamkorlar va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash Jamoat fondi Parlament komissiyasi, “Uzreport” AA, O`zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, “Kamolot” YoIH, «O`zbekiston kabel televideniesi» MChJ kabi milliy hamkorlar bilan birgalikda tashkil etilgan.

2014 yilning 28 aprelidan 2 mayigacha davom etadigan kunlar doirasida germaniyalik xalqaro ekspert Rene Folkner ishtirokida ijtimoiy media mahsulotni tayyorlash bo`yicha, nodavlat radiostansiyalar ijodiy guruhlari uchun Germaniyalik jurnalist Birgit Vetsel boshchiligidagi seminar-trening, hududiy telestansiyalar jurnalistlari va texnik xodimlari uchun ma`naviyat va madaniyat mavzularini o`z ichiga olgan  “davra suhbati”, O`zEOAVMA a`zolari ishtirokidagi konferensiyalar bo`lib o`tdi.

Tadbirda tele va radiostansiyalar, xalqaro tashkilotlar va  dipmissiya rahbarlari, ijodiy va texnik guruhlari, davlat hokimiyati organlari vakillari, jamoat tashkilotlari vakillari, vazirliklar va idoralar matbuot kotiblari va bosh muharrirlar ishtirok etishmoqda.

28 apreldan 2 mayga qadar har kuni “Bunyodkor” yoshlar telemajmuasi onlayn multimedia markazida amaliy seminar tashkil etildi.

Seminar “onlayn vebinar” formatida ijtimoiy ahamiyatga ega media mahsulot tayyorlovchi ijodiy guruhlar uchun tashkil etiladi. Tadbir  «Sachsen Fernshen GmbH & Co. Fernseh-Betriebs KG» telekompaniyasi ish boshqaruvchisi – Rene Folkner  (Germaniya) boshchiligida olib borildi.

Treningdan ko`zlangan asosiy maqsad ijtimoiy ahamiyatli roliklarni tayyorlashda xalqaro tajribani tadbiq qilishdir. Tayyorlangan mahsulotlar taqdimoti va ularni ko`rib chiqish xalqaro konferensiya chog`ida amalga oshiriladi.

Ta`kidalb o`tish joizki, qator xalqaro tashkilotlar O`zEOAVMAga qilgan tashriflari davomida assosiasiyaning faoliyatiga, tayyorlanayotgan media mahsulotlarlar o`zlarining yuqori bahosini berishgan.

Hususan  2014 yilning 3 aprelida EXHTning O`zbekistondagi loyihalari bo`yicha koordinatori Derd Sabo quyidagicha fikr bildiradi: “Biz ko`rgan va ayni damda kabel televideniesi orqali namoish etilayotgan ijtimoiy telemahsulot o`zining sifati va mazmuni bilan bizga juda yoqdi, o`ylaymanki bu kabi loyihalar jamiyat uchun dolzarblik kasb etadi va biz ham bu borada hamkorlikni davom ettirishga umid qilamiz”.

4 aprel kuni YuNESKOning O`zbekistondagi vakolatxonasi boshlig`i Krista Pikkat hududiy jurnalistlar bilan o`tkazilgan telemuloqotda quyidagilarni ta`kidlab o`tdi: “Menimcha, kabel televideniesi orqali efirga uzatilayotgan ijtimoiy roliklar respublika aholisi uchun muhim xabar (messej)ni o`zida jamlagan. Ayni shu xabar odamlarni madaniy va ma`rifiy qadriyatlarni ommalashtirishga chorlaydi”.

K.Adenauer fondining hududiy koordinatori Tomas Kunse ham jumladan shunday dedi: “Yoshlar studiyalarining faoliyati kundan kun takomillashmoqda, jurnalistlarning ijodiy salohiyati va malakasi oshmoqda, bunga esa  davomli ravishda olib borilayotgan seminar treninglar sababchi. Biz xalqaro trenerlarni jalb qilishda hamkorlik qilishdan xursandmiz”.

Bundan tashqari 28 apreldan 1 maygacha parallel tarzda poytaxtimizning “Turkiston” mehmonxonasida 11 ta nodavlat telestansiya ijodiy guruhi uchun Germaniyalik jurnalist Birgit Vetsel boshchiligida seminar treniningi tashkil etildi. Seminar kundalik radio axborot dasturlari va ijtimoiy radio roliklar tayyorlash jarayonini takomillartirish mavzusida olib boriladi. Treningdan ko`zlangan asosiy maqsad zamonaviy axborot dasturlarini tayyorlashda nodavlat radiostansiyalarning o`zaro aloqa mexanizmini sistemalashtirish, shuningdek, nodavlat radiostansiyalar tomonidan ijtimoiy roliklarni tayyorlanishi va ularni efirga joylashtirish mexanizmlarni yanada takomillashtirishdan iborat.

30 aprel kuni seminar doirasida Germaniya delegasiyasining K. Adenauer nomidagi fond vakili Gerxard Valers va  Saksoniya erlari Parlamenti raisi doktor Mittias Ryosslerlarning O`zEOAVMA va “Bunyodkor” yoshlar teleklubiga tashrifi rejalashtirilgan.

Uchrashuv chog`ida yosh jurnalistlar tomonidan ijtimoiy ahamiyatli media mahsulotni tayyorlash bo`yicha loyiha va O`zEOAVMAning K.Adenauer fondi o`rtasidagi hamkorlik to`g`risidagi film taqdim etildi.

Shuningdek aprelning so`nggi kuni poytaxtimizning «Turkiston» mehmonxonasida O`zEOAVMA a`zolari ishtirokida konferensiya bo`lib o`tadi. Unda Assosiasiya rahbarlari tomonidan “2014 yil Sog`lom bola yili” davlat dasturini yoritishga bag`ishlangan tadbirlar majmuasi, shuningdek, nodavlat teleradio uzatishni yanada takomillashtirishning qator dolzarb masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, tadbir doirasida O`zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2014 yil 14-aprel № 92 sonli “Nodavlat teleradiouzatish ob`ektlari faoliyati havfsizligini muhofaza qilish to`g`risidagi” qarorining amalda qo`llanilishi bo`yicha seminar bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi, nodavlat teleradiostansiyalar, kabel televideniesi va Davlat axborotlashtirish va telekommunikasion texnologiyalar qo`mitasi vakillari ishtirok etdi.

1 may kuni “Jurnalistlar bahori” festivali doirasida ma`naviyat va madaniyat mavzularini o`z ichiga olgan  hududiy telestansiyalar jurnalistlari va texnik xodimlari uchun davra suhbati tashkil etildi. Tadbirdan ko`zlangan asosiy maqsad “Sog`lom bola yili” Davlat dasturini yoritish borasidagi ijodiy rejani va madaniyat, milliy an`analar va odatlar to`g`risida media kontent tayyorlashning zamonaviy usullarini muhokama qilishdan iborat edi.

Davra suhbati yakunlariga ko`ra,  YuNESKO va O`zEOAVMA eng yaxshi ishlar va ularning mualliflarini aniqlandi, ular “Jurnalistlar bahori” festivali chog`ida mukofotlanadi.

Bugun 2 may kuni Poytaxtimizning Dedeman Silk Road mehmonxonasida xalqaro konferensiya bo`lib o`tadi. Unda nodavlat elektron OAV efirini ijtimoiy ahamiyatli media mahsulot bilan to`ldirishda OAV, davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlarning faoliyatini birlashtirish va mahsulotlarni xalqaro va mamlakatimiznig milliy  manfaatlariga mos keladigan qilib tayyorlash kabi dolzarb masalalar ko`riladi.

Media kunlar ishtirokchilari 2 may kuni “Turkiston” saroyida bo`lib o`tadigan IX “Oltin qalam” milliy mukofotini  topshirish marosimida ishtirok etishadi. Ta`kidlab o`tish joizlki, O`zEOAVMA ning 16 nafar ijodiy xodimi “Oltin qalam” mukofoti sohibi hisoblanadi.

Taqdirlash marosimidan so`ng O`zEOAVMA O`zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash Jamoat fondi Parlament komissiyasi, K.Adenauer fondi, YuNESKO bilan hamkorlikda Toshkentning Yapon bog`ida ananaviy “Jurnalistlar bahori” festivalini tashkil qiladi va Xalqaro so`z va matbuot erkinligi kuniga bag`ishlab tantanali qabul uyushtiriladi. Milliy taomlar liboslar tanlovlaridan iborat festivaldan ko`zlangan maqsad  mamlakatimiz turli hududlarining o`ziga hos madaniyati va an`analarini keng targ`ib qilish va telestansiyalar xodimlarini rag`batlantirishdan iboratdir. Festival doirasida festival g`oliblarini quyidagi nominasiyalar bo`yicha mukofotlash bo`lib o`tadi: “Eng yaxshi milliy taom”, “Eng yaxshi milliy libos”, shuningdek, “davra suhbati” doirasida yurtimizning milliy madaniy-ma`rifiy va umuminsoniy qadriyatlarini tarannum qiluvchi ishlar “Eng yaxshi televizion material” va “Eng yaxshi radiomaterial” nominasiyasi bo`yicha mukofotlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1