Ozarboyjonning Gabala shahri 2020 yilda islom dunyosi turizmining poytaxtiga aylanadi. Bu haqda Trend.az nashri xabar berdi.
Ozarboyjon madaniyat va turizm vazirligining xabar berishicha, ushbu qaror Bangladeshning poytaxti Daqqada bo`lib o`tgan Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a`zo davlatlar turizm vazirlarining X anjumani yakunlariga ko`ra qabul qilindi.
Shuningdek, turizm vazirlarining keyingi – XI anjumani 2020 yilda Gabalada o`tishiga kelishib olindi.
Anjuman yakunlariga ko`ra, Ozarboyjon IHTning turizm bo`yicha muvofiqlashtiruvchi qo`mitasi a`zosi etib saylandi.
Ma`lumot uchun, Gabala Ozarboyjon poytaxti Bokudan 225 km shimolda joylashgan va mamlakatning eng ommaviy sayyohlik yo`nalishlaridan biri hisoblanadi.






