Kecha, 7 fevral kuni Buxoro viloyati Kogon shahar hokimligida xalq deputatlari shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi. Sessiyada viloyat hokimi O`ktam Barnoev ishtirok etdi.
Viloyat hokimligi axborot xizmatining xabariga ko`ra, kengash yig`ilishida tashkiliy masala ko`rib chiqildi. Shu paytga qadar Buxoro viloyat uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish boshqarmasi boshlig`i lavozimida faoliyat olib borgan Hoshimov Hakim Isaevich Kogon shahar hokimi lavozimiga tayinlandi.
Ma`lumot uchun, Hakim Hoshimov 1963 yil Buxoro viloyati Vobkent tumanida tug`ilgan. 1985 yil Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Mutaxassiligi — muhandis-geodezist.