1

“O`zbekiston havo yo`llari” I chorakda 573 ming yo`lovchiga xizmat ko`rsatdi

Jamiyat 02.05.2014, 14:07
“O`zbekiston havo yo`llari” I chorakda 573 ming yo`lovchiga xizmat ko`rsatdi

“O`zbekiston havo yo`llari” MAK Kengash yig`ilishini o`tkazdi kompaniyaning joriy yilning birinchi choragidagi faoliyat natijalari ko`rib chiqildi.

I chorakda Milliy aviakompaniya avialaynerlarida 5494 ta reys amalga oshirildi va 573 ming yo`lovchiga xizmat ko`rsatildi. Shuningdek yuk tashish hajmi ham ortib, 9,9 ming tonnani tashkil qildi o`sish o`tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foizga ko`p.

Dastlabki natijalarga ko`ra, milliy aviakompaniya daromadi 596,3 mlrd. so`mni tashkil qildi - o`sish 9,2 foiz. Eksport hajmi prognozi 100 foizga bajarildi.

Hozirda kompaniyaning aeroport va aerodromlari bahor yoz mavsumiga to`liq tayyor.

Kun tartibidagi bir qator masalalarni muhokama qilar ekan, MAK Kengashi faoliyat samaradorligini oshirish va ishlab chiqarish jarayonini yaxshilash maqsadida vazifalar belgilab oldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1