1

O’zLiDeP Buxoroda 600 ga yaqin ayolni tibbiy ko`rikdan o`tkazdi

Jamiyat 02.05.2014, 15:09
O’zLiDeP Buxoroda 600 ga yaqin ayolni tibbiy ko`rikdan o`tkazdi

“Sog`lom bola yili” Davlat Dasturi ijrosini ta`minlash va Partiya Dasturida belgilab berilgan ustivor vazifalarni hayotga joriy etish maqsadida O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo`mitasi, O’zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” bo`limi tomonidan Buxoro shahridagi “Salomatlik maskani” xususiy shifoxonasida “Mamlakatimizda sog`lom avlodni tarbiyalash yo`lida yaratilgan shart-sharoitlar va ulardan samarali foydalanish masalalari: erishilgan natijalar hamda navbatdagi vazifalar” mavzusida tadbir hamda viloyat ayollari uchun ommaviy tibbiy ko`rik tashkil etdi, deya xabar beradi O’zLiDeP matbuot xizmati.

Mazkur tadbirda Buxoro viloyat xotin-qizlar qo`mitasi, Buxoro viloyat “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Sog`lom avlod uchun” xalqaro Xayriya fondi  viloyat bo`limi, viloyat “Oila” ilmiy-amaliy markazi, viloyat Sog`liqni saqlash boshqarmasi, viloyat “Mehr-shafqat va salomatlik” jamg`armasi, mutaxassis-ekspertlar va OAV vakillari ishtirok etdilar.

Partiyaning “Sog`lom oila - mustahkam oila” loyihasi doirasida 2013 yilda respublikamizning barcha hududlarida 250 ta tadbir o`tkazilib, unda 9 mingga yaqin xotin-qizlar qatnashdi va 850 nafari bepul tibbiy ko`rikdan o`tkazildi.

Jumladan, viloyatning Vobkent, Buxoro va Peshku tumanlarida tashkil etilgan tibbiy ko`riklarda 500 nafardan ortiq opa-singillarimiz turli tibbiy mutaxassisliklari bo`yicha malakali shifokorlar qabulida bo`lib, tegishli muolaja va maslahatlarni oldilar.

Kuni kecha tashkil etilgan tadbirda ushbu an`anani davom ettirgan holda Buxoro shahrining 4 - son “Salomatlik maskani” xususiy shifoxonasida tibbiy ko`rik tashkil etildi.

Unda 600 ga yaqin ayollar momolog, onkolog, endokrinolog, ko`z va buyrak kasalliklari, jarroh, UZI, psixolog, teri-tanosil xastaliklari, rentgenolog, ichki kasalliklar, akusher-ginekologlar qabulida bo`lib, tegishli  davolash muassasalariga yo`llanma oldilar. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1