AsosiyDunyo

Tojikiston O`zbekistonga ikkita teraktning oldini olishga yordam berdi

'Tojikiston O`zbekistonga ikkita teraktning oldini olishga yordam berdi   'ning rasmi

2017 yilda Tojikiston O`zbekiston hududida sodir etilishi mumkin bo`lgan ikkita teraktning oldini olishga yordam berdi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston mamlakat ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzodaga asoslanib.

Vazirning so`zlariga ko`ra, Tojikiston yordami bilan Rossiya hududida besh, Xitoyda bir, O`zbekistonda ikki, Ukraina va Qozog`iston hududlarida bittadan teraktning oldi olingan.

Uning qo`shimcha qilishicha, o`tgan yili Iroq va Suriya hududida ID tarkibida janglarda qatnashgan 250 nafar Tojikiston fuqarosi halok bo`lgan. Yuzdan ortiq tojikistonlik o`z ixtiyori bilan Suriya va Iroqdan uylariga qaytishgan.

    Boshqa yangiliklar