AsosiyDunyo

Bugun internet o`z qahramonidan ayrildi

'Bugun internet o`z qahramonidan ayrildi'ning rasmi

Zamonaviy internetga katta hissa ko`shgan hamda kibermakonda inson huquqlari muhofazasi bilan shug`ullanib kelayotgan “Electronic Frontier Foundation”(EFF) nohukumat tashkiloti asoschisi amerikalik Jon Perri Barlou 70 yoshida olamdan o`tdi.

“Bugun internet o`z qahramonidan ayrildi. EFF o`zining dono egasi uchun motam tutayapti”, - deyiladi ushbu tashkilotning “Facebook” ijtimoiy tarmog`idagi sahifasida. Aytishlaricha, Barlou uyqu paytida vafot etgan.

“Hech mubolag`asiz ta`kidlash lozimki, bugun biz biladigan va sevadigan internet segmentlari Barlou rahbarligi va sa`y-harakatlari sharofati bilan yaratilgan hamda rivojlanayapti”, - deb qayd etilgan EFF xabarida.

Eslatib o`tamiz, 1990 yilda “Electronic Frontier Foundation” huquqni himoya qilish tashkiloti tuzilishining boshida turgan. Mazkur jamg`arma elektron aloqa vositalari foydalanuvchilarining huquqlarini qo`llab-quvvatlab keladi. Ayni paytda u global tarmoqqa bag`ishlangan ishlari, 70-yillarda okean ortidagi “Grateful Dead” rok-guruhiga bir nechta qo`shiq yozib bergani bilan ham mashhurdir.

    Boshqa yangiliklar