Tatariston sog`liqni saqlash vazirining o`rinbosari Elena Shishmaryova uyidan o`lik holda topildi, deb xabar berdi «RIA Novosti» nashri.
U firibgarlik va vakolatlarini suiste`mol qilish yuzasidan qo`zg`atilgan jinoiy ish bo`yicha uy qamog`ida saqlanmoqda edi.
Rossiya Tergov qo`mitasining respublikadagi boshqarmasi 1 fevral kuni vazirlik xodimlariga nisbatan o`ta yirik miqdorda firibgarlik va vakolatlarini suiste`mol qilish bo`yicha jinoiy ish qo`zg`agan, vazirlikda tintuvlar o`tkazilgandi. Tergov doirasida Shishmaryova ham so`roq qilinadi va keyinchalik gumonlanuvchi sifatida hibsga olinadi. Ikki kundan so`ng sud uni uy qamog`iga o`tkazish haqida qaror chiqardi.
Tergovga ko`ra, Shishmaryova dugonasi Elena Faxrutdinova rahbarlik qilgan «Progress» malaka oshirish instituti ta`lim markazi manfaatlarini ilgari surib kelgan. Uning o`zi sudda aybini butkul rad etgan, tergov bilan faol hamkorlik qilishi va barcha harakatlariga izoh berishini bildirgandi.
Ma`lumot uchun, Elena Faxrutdinova ham uy qamog`iga hukm qilingan edi.






