AsosiyDunyo

Latviya sobiq prezidentining rafiqasi ajrashganidan keyin pulsiz qolganini ma`lum qildi

'Latviya sobiq prezidentining rafiqasi ajrashganidan keyin pulsiz qolganini ma`lum qildi'ning rasmi

Latviya sobiq prezidenti Berzinshning sobiq rafiqasi Dase Seysuma eri bilan ajrashganidan keyin moddiy jihatdan og`ir ahvolga tushib qolganidan nolidi, deb xabar berdi TASS nashri.

«Erim bilan ajrashganimdan keyin oddiygina endokrinolog shifokorning maoshi bilan kun kechiryapman. Kasalxonada to`rt soat ishlashim kerak, ammo aslida haftada bir martagina shunday bo`ladi, qolgan kunlari ish vaqtidan tashqari ham ishlayman, buning uchun esa hech kim oylik to`lamaydi… Klinikadan chiqayotib, o`zimni ruhiy va jismoniy jihatdan tushkun his qilaman, biroq hozirda boshqa yo`l yo`q», — dedi Seysuma.

U, shuningdek, avvallari kiyim-kechak sotib olishga ishlatgan mablag`ni endi bir necha oy davomidagina ishlab topayotganini aytdi.

Andris Berzinsh 2011—2015 yillarda Latviya prezidenti bo`lgan. Sobiq prezident millioner bo`lib, 30 dan ortiq er uchastkalari va bir qator imoratlarga egalik qiladi. Seysuma bilan 2001—2016 yillarda nikohda bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar