1

Zulfiqor Musoqov ko`rgan-kechirganlari haqida kitob yozmoqchi

Madaniyat 09.02.2018, 01:56
Zulfiqor Musoqov ko`rgan-kechirganlari haqida kitob yozmoqchi

O`zbekiston Respublikasi san`at arbobi, “Mehnat Shuhrati” ordeni sohibi, kinorejissyor Zulfiqor Musoqov kitob yozishga kirishmoqchi ekanligini ma`lum qildi.

"Xudo xohlasa, tinchlik, sog`lik bo`lib tursa, "Berlin-Oqqo`rg`on" filmimni tugatishim bilanoq, anchadan beri ko`nglimga tugib yurganim - “Yo`qolib borayotgan kitob” asarimni yozishga kirishaman. Bu ko`rgan-kechirganlarim, balki hali vaqt-soati etmay yozilishga shoshilgan ancha yumorga boy va kinoyali voqealar xaqida...", deydi rejissyor.

Zulfiqor Musoqov yozilajak kitobining so`zboshisiga Uinston Cherchilga nisbat beriladigan mana bu so`zlarni epigraf kilib olganini yozadi:

"... Agar sen erkak qavmidan bo`lsang, yoshing xam 60 ni qoralab qolgan bo`lsa-yu, lekin farzandlaring uchun gaz, suv, elektr hisoblagichlari bo`yicha to`lanmay qolgan qarzlar hamda ichkilikbozlikdan orttirgan jigar sirrozidan boshka hech narsa qoldirmayotgan bo`lsang, butun umr faqat o`zingni o`ylab yashab, xorlikda, zorlikda qariyalar uyida shunchaki o`lib ketmasingdan oldin, hech bo`lmasa xayotda ko`rgan-kechirganlaring haqida xotiralaringi yozib qoldir. Toki, bola-chaqang sen qilgan xatolarni takrorlamasin, sendek umrini shamolga sovurmasin, ahmoq chol!"

Taniqli rejissyor mazkur so`zlarni epigraf qilib olgan bo`lsa-da, hayotda birovdan qarzi yo`qligini, hayoti ham mazmunli ekanini qayd etadi:

"Xudoga shukr, birovdan bir so`m qarzim yo`q. Ichmayman. Umrini bekorga yashagan inson ham emasman. Shunchaki, mazmunli yashab o`tgan hayotimda esda qolarli, sarguzashtlarga boy, yorqin xotiralarim ko`p. Albatta, ularning aksariyati, balki barchasi, KINO bilan, kinoda o`tgan hayotim bilan bog`liq".

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1