1

O`zbekiston huquq tartibot va xavfsizlik ko`rsatkichi bo`yicha kuchli besh mamlakat qatoridan joy oldi

Jamiyat 02.05.2014, 16:10
O`zbekiston huquq tartibot va xavfsizlik ko`rsatkichi bo`yicha kuchli besh mamlakat qatoridan joy oldi

Qonun ustuvorligi barcha mamlakatlarda jamiyat uchun barqaror iqtisodiy o`sish, hukumatning mas`uliyatini oshirish va insonning fundamental huquqlariga hurmatni oshiradi.  

Ilk bor bu boradagi Indeks 2010 yilda chop etilgan bo`lib, u ijtimoiy so`rovlar va ekspertlarning fikrlarini o`rganishda ajoyib tadqiqot bo`lgan, deya xabar beriladi IIV rasmiy saytida.

Davlatlarni baholashda bu galgi eng muhim jihat bu “Tartib va xavfsizlik” jihati bo`ldi, bu sohada eng kuchli mamlakatlarni aniqlash maqsadida ekspertlar tomonidan dunyoning 99 mamlakatidagi holat o`rganildi. Tadqiqotchilar davlatlardagi huquqiy muhitini, qonun ustuvorligi bo`yicha yutuqlari, jinoyatga qarshi kurashish, siyosiy zo`ravonlikni oldini olish, terrorizm, qurolli mojarolar, siyosiy tartibsizliklar, shuningdek huquqni muhofaza qilish organlariga ishonch yo`qolgan holda yuz beradigan mojarolar darajasini o`rganishdi.

Mazkur faktorlar bo`yicha indeksda birinchi o`rinni Yaponiya egalladi. Ikkinchi pog`onadan Singapur, uchinchidan esa O`zbekiston, Daniya va Gonkong joy oldi.

O`zbekiston ortidan AQSh, Belgiya, Norvegiya, Estoniya, Qozog`iston, Rossiya kabi mamlakatlar o`rin egallashdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1