1

Afg`oniston delegasiyasi Toshkentga amaliy tashrif bilan keladi

Siyosat 09.02.2018, 11:46
Afg`oniston delegasiyasi Toshkentga amaliy tashrif bilan keladi

9 fevral kuni Afg`oniston Prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo`yicha Katta maslahatchisi Muhammad Hanif Atmar boshchiligidagi delegasiya Toshkent shahriga amaliy tashrif bilan keladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qiladi.

Tashrif dasturidan hukumat, Tashqi ishlar vazirligi va boshqa davlat tuzilmalarida uchrashuv va muzokaralar o`tkazish o`rin olgan.

Shuningdek, “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” nomli Afg`oniston bo`yicha xalqaro konferensiyani Toshkent shahrida o`tkazishga tayyorgarlik ko`rishning amaliy masalalarini muhokama qilish kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1