AsosiyDunyo

Turkmaniston prezidentining kuyovida million dollarlik soatlar borligi ma`lum bo`ldi

'Turkmaniston prezidentining kuyovida million dollarlik soatlar borligi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning kuyovi Ibabekir Bekdurdievda umumiy qiymati millionlab dollarni tashkil etuvchi qo`l soatlari borligi ma`lum bo`ldi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

28 yoshli Bekdurdiev Gurbanguli Berdimuxammedovning Gulnabat ismli opasining qiziga uylangan. «Alternativne novosti Turkmenistana» nashrida Bekdurdiev o`zining Instagram va “Vkontakte” ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirgan fotosuratlari va videolari chop etildi (Ayni vaqtda mazkur akkauntlar o`chirib tashlangan).

Fotosurat va roliklarda Bekdurdiev turli nusxalardagi soatlarini namoyish etgan. Ular orasida eng qimmati Qatarda juda kam miqdorda ishlab chiqarilgan, narxi 565 ming dollar bo`lgan Richard Mille 52-02 Horse Tourbillon soatidir.

Nashrning ta`kidlashicha, Richard Mille Bekdurdievning eng sevimli brendlaridan biridir. Uning kolleksiyasida mazkur brendga tegishli bunday soatlar kamida 4 tani tashkil etadi. Bekdurdievning eng arzon soati 110 ming dollar turadi.

    Boshqa yangiliklar