AsosiyJinoyat

O`zbekistonlik IShID tarafdori 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi (video)

O`zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan xorijdagi terrostik guruhlarda t...

'O`zbekistonlik IShID tarafdori 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi (video)'ning rasmi

O`zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan xorijdagi terrostik guruhlarda tayyorgarlik o`tagan, O`zbekiston hududiga qalbaki pasport bilan kirmoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi, deya xabar berdi “O`zbekiston24”.

MXX xodimlari o`z imkoniyatlari orqali IShID terrostik guruh jangarilari tarafdori va ularning vayronakor g`oyalari bilan obdon zaxarlangan kimsaning Turkiyadan O`zbekistonga noqonuniy kelayotgani haqidagi ma`lumotga ega bo`ldi. Unga ko`ra ular “mehmon”ni kutib olish tezkor rejasini tuzib chiqdi va uni qo`lga oldi.

Aniqlanishicha, ushbu shaxs O`zbekiston fuqarosi 2011 yilda Turkiya davlatiga ishlash maqsadida chiqib ketgan Ahror Qosimov ekan. Qosimov Turkiyada talonchilik jinoyatini sodir etgani uchun 2013 yilda Istanbul shahri sudi tomonidan 11 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va qamoqda Dagushaev Xasan, Alekey Gabaraev va Amirxon ismli Ishid terroristik guruh tarafdorlari bilan tanishib, ularning ta`siriga tushib qoladi.

2015 yilda esa ularning yordamida qamoqdan qochib, Istanbul shahrining Kayashaxir mavzesidagi Suriyaga o`tkaziladigan shaxslarni vaqtinchalik yashash manziliga joylashadi.

Ahror Qosimov turk tilini yaxshi bilgani uchun rahnamolari ko`rsatmasiga binoan yangi yollangan IShID tarafdorlarini Turkiya aeroportidan kutib olish, tegishli manzilgan joylashtirish bilan shug`ullangan. Shuningdek, u O`zbekistonga kelishi uchun tayyorgarlik ko`rib yurgan.

Shu vaqtlarda IShID terrostik guruhi tomonidan yollangan Rossiya Federasiyasi fuqarosi Gajimurod Gaydarov ismli shaxs ham Suriyaga chikib ketish uchun keladi. E`tiborli tomoni, u juda Ahror Qosimovga o`xshaydi. Bu vaziyatdan foydalanishga uringanlar Ahror Qosimovni Gaydarovni pasporti O`zbekistonga yuborishmoqchi bo`ladi.

O`zganing pasporti bilan o`z yurtiga egri maqsadda kirmoqchi bo`lgan shaxs niyatini oxirigacha etkaza olmaydi. MXX xodimlarining tezkor harakatlari bilan u qo`lga olinadi. Qosimovning barcha qilmishlari fosh etiladi.

Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tuman sudi tomonidan jinoyat ishi ko`rib chiqildi va u 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.


Boshqa yangiliklar