Xabaringiz bor, yaqinda Hindistonda kattalar o`rtasida boks bo`yicha “India Open” xalqaro turnirida o`zbekistonlik charm qo`lqop ustalari dunyoda tengsiz ekanligini yana bir bor isbotlab, umumjamoa hisobida ham birinchi o`rinni egallagan edi.
Musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilgan 10 nafar bokschimizdan 7 nafari finalga chiqdi. Ulardan 5 nafari oltin, ikki nafari kumush medal sohibiga aylandi.
Hukumatning 8 fevraldagi farmoyishiga asosan “India Open” boks musobaqasida Milliy terma jamoa birinchi o`rinni egallaganligini tufayli bokschi va murabbiylar 25 mln so`mdan 12 mln so`mgacha pul mablag`lari bilan mukofotlandi.






