Bugun Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida XXIII qishki Olimpiya o`yinlari start oladi.
Shu munosabat bilan mazkur Olipiada haqida ma`lumotlarni e`tiboringizga taqdim etamiz.
Olimpiada-2018
Tashkilotchi shahar: Pyongchang (Janubiy Koreya)
Ishtirokchi mamlakatlar soni: 92
Sportchilar soni: 2500 dan ortiq
Medallar: 102 ta jamlanma
Ochilish marosimi: 9 fevral
Yopilish marosimi: 25 fevral
Rasmiy sayti: www.pyeongchang2018.com/en
XXIII qishki Olimpiya o`yinlari 2018 yilning 9 - 25 fevral kunlari Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida o`tkaziladi.
O`yinlarni o`tkazish uchun avvaliga uchta shahar - Ansi (Fransiya), Myunxen (Germaniya), Pyongchang (Janubiy Koreya) nomzodlari ko`rsatilgandi.
2011 yilning 6 iyul kuni Xalqaro olimpiya qo`mitasining Janubiy Afrika Respublikasida o`tkazilgan 123-sessiyasida 2018 yilgi olimpiada mezbonini aniqlash uchun saylov tashkil qiligan. Saylov natijalariga ko`ra, Pyongchang shahri 63 foiz ovoz to`plab, g`alaba qozonadi.
Olimpiada medallari
2017 yilning 21 sentyabr kuni Janubiy Koreya poytaxtida Olimpiada medallari taqdimoti o`tkazildi. Medallarning old tomonida diagonal chiziqchalar tushirilgan. Bu Olimpiada tarixi va sportchilarning barqarorligi timsoli hisoblanadi. Orqa qismida esa sport turlari ramzlari tushirilgan.
Pyongchangda sportchilar 15 yo`nalish bo`yicha medallar uchun kurash olib boradilar
Biatlon
Bobsley
Skeleton
Kyorling
Konkida yugurish
Figurali uchish
Short-trek
Tog` chang`isi
Chang`i ikkikurashi
Chang`i poygalari
Trampolindan sakrash
Fristayl
Snoubord
Chana sporti
Xokkey
O`yinlar timsoli
O`yinlar timsoli sifatida Suxoran yo`lbarsi va Pandabi ayiqchasi tanlangan.
Musobaqaning ochilish marosimi bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.
Manba : olamsport.com