AQSh huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan 530 million AQSh dollarini o`g`rilashda ayblanayotgan 13 kishidan iborat jinoiy guruh qo`lga olindi.
Mamlakat adliya vazirligi ma`lumotiga ko`ra, mazkur kiberjinoiy tashkilotga 2010 yilda Ukrainada asos solingan. Xakerlar internet tizimi orqali tuzilgan jinoiy tizim bo`yicha faoliyat yuritgan. Jumladan, mol-mulkni yirik miqdorda o`zlashtirish, debet(kirim) va kredit bank kartalari kalit raqamlarini buzish, shaxsiy, bank va moliyaviy ma`lumotlar, personal identifikasiya axborotlarini sotish hamda tarqatish bilan shug`ullangan. O`z navbatida, jinoyatchilar zararli dasturiy ta`minot mahsulotlarini yoygan, kontrabanda faoliyatini olib borgan. Umuman olganda, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan Avstraliya, Buyuk Britaniya, Italiya, Serbiya, AQSh, Fransiya kabi davlatlar fuqarolaridan iborat 13 kishi ushlangan bo`lsa, yana 36 kishiga nisbatan sirtdan hukm chiqarildi.