Ommaviy axborot vositalarida bir necha bor Tarkanning turmush o`rtog`i homilador ekanligi haqidagi mish-mishlar tarqalgan bo`lsada, juftlik bu mavzuga ochiqlik kiritmagan edi. Kuni kecha mashhur xonanda ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida video xabar qoldirdi. Unda Turkiya mega yulduzi Tarkan tez orada ota bo`lishi haqidagi xabarni tasdiqladi.
«Ha, to`g`ri. Ota bo`laman. Juda xursandman va sizlar bilan baham ko`rishni istadim», - deydi Tarkan o`z video xabarida.






