1

20 kunlik chaqalog`ini 10 ming dollarga sotayotgan ona qo`lga olindi

Jinoyat 10.02.2018, 12:14
20 kunlik chaqalog`ini 10 ming dollarga sotayotgan ona qo`lga olindi

O`zbekiston Respublikasi IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi, Odam savdosi va noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Toshkent viloyati IIB xodimlari tomonidan 20 kunlik chaqaloqni sotayotgan fuqarolar jinoyat ustida qo`lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

1980 yilda tug`ilgan, (oilali, 4 nafar farzandi bor) Farg`ona viloyati Rishton tumanida yashovchi S.R. o`zining 2018 yil 2 yanvarda tug`ilgan qizini Farg`ona viloyati Bog`dod tumanida yashovchi (1975 yilda tug`ilgan) U.X. va Rishton tumanida yashovchi (1983 yilda tug`ilgan) N.S.lar bilan til biriktirib, 10 000 AQSh dollari miqdoridagi pulga sotayotgan vaqtida aniqlanib, daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1