Tailandlik talaba qiz sevgan yigitiga pullardan yasalgan guldastani hadya etdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Qiz yigitidan tug`ilgan kuniga qanday sovg`a olishni xohlayotganini qayta-qayta so`ragan. “U menga erkaklarga mos biror narsa olaqol, dedi. Men esa o`sha biror narsaning nimaligini bilmadim. Shundan keyin unga pullardan yasalgan guldasta sovg`a qilish g`oyasi tug`ildi”, deb hikoya qildi qiz.
Talaba qiz bankdagi hisob raqamidan 100 ming bat, mayda kupyurali pullarni echtirib, guldasta yasash uchun floristga olib bordi. Keyin ular restoranga borishganda qiz sovg`asini yigitga hadya qildi.
“Bu uning uchun katta syurpriz bo`ldi, -dedi qiz.- Yigitim bunday qimmatbaho sovg`a hadya qilish shart emasligini aytdi. Biroq hamma gap pulda emas-ku, men mazkur sovg`am bilan uning boshqalarga o`xshamasligini bildirmoqchi bo`ldim”.
Qizning so`zlariga qarganda mazkur pulli guldasta yigitning do`stlarini ham hayratga solgan.