AsosiySport

Lim Xyo Jun Olimpiada rekordini yangiladi

'Lim Xyo Jun Olimpiada rekordini yangiladi'ning rasmi

Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida o`tkazilayotgan XXIII qishki Olimpiya o`yinlarida xotin-qizlar biatlonning sprint poygalarida, erkaklar esa shotrt-trekda o`zaro bahslashdi.

Musobaqada germaniyalik Laura Dalmayer barcha raqiblarini ortda qoldirib, Olimpiya o`yinlari g`olibiga aylangan bo`lsa, norvegiyalik Marte Olsbu kumush, chexilik Veronika Vitkova esa bronza medaliga sazovor bo`ldi.

Shuningdek, erkaklar o`rtasidagi short-trek bahslarida mezbon sportchisi Lim Xyo Jun marraga 2 daqiqa 10,485 soniyada bilan marraga birinchi bo`lib etib keldi va Olimpiada rekordini yangiladi. Gollandiyalik Shinki Knegt esa poygani ikkinchi bo`lib yakunladi. Rossiyalik Semyon Elistratov shohsupaning uchinchi pog`onasidan joy oldi.

    Boshqa yangiliklar