AsosiyDunyo

Tojikistonda bug`doy unidan ommaviy zaharlanish yuz berdi - bir bola vafot etdi

'Tojikistonda bug`doy unidan ommaviy zaharlanish yuz berdi - bir bola vafot etdi 'ning rasmi

Tojikistonning Tog`li Badaxshon muxtor viloyati Ishkashim tumanida mahalliy aholining ommaviy zaharlanishi qayd etildi, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston.

Ma`lum qilinishicha, odamlar mahalliy tadbirkor tomonidan tayyorlangan bug`doy unini iste`mol qilish oqibatida zaharlanishgan.

O`tgan yilning avgustida tadbirkor Tojikiston janubidan besh ming kilogrammdan ortiq bug`doyni sotib olib qishloqqa keltirgan.
Ma`lum bo`lishicha, bug`doy ichida geliotrop zaharli o`simligi bo`lgan.

Yanchilgan bug`doy unidan tayyorlangan nonni iste`mol qilish orqali dastlabki zaharlanish alomatlari shu yilning 17 yanvarida qayd etilgan. Viloyat kasalxonasiga Qurbonbekovlar oilasining besh nafar a`zosi zaharlanish alomatlari bilan keltirilgan.

Mazkur holat bo`yicha Tog`li Badaxshon muxtor viloyati rahbari Shodixoni Jamshed topshirig`i bilan mutaxassislardan iborat maxsus ishchi guruhi tuzilgan.

Shifokorlar bemorlarda organizmga geliotrop zaharli o`simligi tushishi oqibatida geliotropik zaharlanish yuz berganini aniqlashgan. 31 yanvar kuni kasalxonada oilaning 11 yoshli a`zosi vafot etgan.

Ayni paytda kasalxonada 19 kishi zaharlanish alomatlari bilan davolanmoqda, ular orasida 8 nafar bola ham bor. Bolalardan biri og`ir ahvolda.

Tibbiyot mutaxassislarining fikricha, tumanda dekabr va yanvar oylarida ushbu zaharli unni iste`mol qilgan aholida zaharlanish alomatlari aprelda paydo bo`ladi.

Zaharli bug`doy uni aholidan olib qo`yildi va viloyat rahbariyati topshirig`i bilan davlat moddiy zaxiralari agentligi zaxirasidan un tarqatildi.

    Boshqa yangiliklar