AsosiyDunyo

Amerikada gripp oqibatida 63 nafar bola olamdan o`tdi

'Amerikada gripp oqibatida 63 nafar bola olamdan o`tdi'ning rasmi

Amerikada gripp epidemiyasi oqibatida mavsum davomida kamida 63 nafar bola olamdan o`tdi, deb xabar berdi «Izvestiya» nashri.

Faqat bir haftaning o`zida gripp 16 nafar bolaning umriga zomin bo`ldi. Infeksiya tarqalgani sababli 11 shtatdagi maktablarda mashg`ulotlar bekor qilindi.

Mamlakat miqyosida gripp bilan bog`liq kasalliklar 50 mingdan ortiq kishining hayotiga tajovuz qilishi mumkin. Ekspertlar epidemiya ko`lami 2009 yilgi cho`chqa grippi pandemiyasi ko`rsatkichlariga yaqinlashganini bildirmoqda.

    Boshqa yangiliklar