AsosiyDunyo

Polisiyachi ayol uch nafar jinoyatchiga qarshi bir o`zi kurashdi (Video)

'Polisiyachi ayol uch nafar jinoyatchiga qarshi bir o`zi kurashdi (Video) 'ning rasmi

Braziliyadagi Guaratuba munisipalitetidagi avtoyoqilg`i quyish shaxobchalaridan biridagi savdo do`koniga o`g`rilikka kirgan jinoyatchilarga qarshilik ko`rsatgan polisiyachi ayolning harakatlarini kuzatuv kameralari videoga oldi, deb yozdi “Vesti.RU” nashri.

Voqea 7 fevral kuni ro`y berdi. Uch nafar jinoyatchi savdo do`koni kassasidagi pulni o`g`irlamoqchi bo`ldi. Ammo ularning rejasini amalga oshirishlariga o`sha kuni xizmatda bo`lgan polisiyachi ayol Mariya Mendes yo`l qo`ymadi. Navbatchilikda bo`lgan Mariya qurol ishlatishga majbur bo`ldi.

Otishma oqibatida polisiyachi ayolning o`zi ham yaralandi, biroq o`g`rilardan birini otishga muvaffaq bo`ldi. Har ikki jabrlanganlar kasalxonaga yotqizildi. Ikki nafar jinoyatchi esa polisiyachilar etib kelgunga qadar yashirinishga muvaffaq bo`lishdi, ammo ertasi kuni ular ham qo`lga olindi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar