Orsk shahriga qarab uchayotgan samolyotning halokatga uchrashi va undagi yo`lovchilarning barchasi hamda ekipaj a`zolarining vafot etishi munosabati bilan Orenburg viloyatida motam kuni e`lon qilindi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Dushanba, 12 fevral kuni Orenburg viloyatida halok bo`lganlar xotirasiga motam kuni deb e`lon qilindi.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi halokatga uchragan samolyot bortida halok bo`lganlarning to`liq ro`yxatini e`lon qildi, shunda ikki nafar chet elliklar bo`lganini tasdiqlagan: bular Shveysariya va Ozarbayjon fuqarolari ekanligi aytilmoqda.
Rossiya hukumati nomiga dunyo hamjamiyatidan chuqur hamdarlik bildirilgan telegrammalar kelishda davom etmoqda.
Xususan, Rossiya xalqi va hukumati nomiga Ukraina rahbariyati, Oq Uy ma`muriyati, Misr, BMT Bosh kotibi hamdardlik maktublarini yo`llaganlar.






