AsosiyJamiyat

Toshkent Markaziy otchopari 1 sentyabrda foydalanishga topshiriladi

Ma`lumki, Vazirlar Mahkamasining Qaroriga asosan, 2011 yilda Toshkent markaziy otchoparini modernizasiya qilish ishlari boshlangan edi.

O`zbekiston ot sporti federasiyasidan ma`lum qilishlaricha, otchopar istiqlol bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi.

O`tgan yili otchoparda qurilish ishlari vaqtincha to`xtatilgan bo`lib, joriy yilda qurilish uchun kerakli miqdorda mablag` ajratilgach ish yana qizg`in tus oldi. Mazkur inshootning ochilish marosimida yirik ot sporti musobaqalari ham tashkil etiladi.

Eslatib o`tamiz, mazkur inshoot fransiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda zamon talablariga mos tarzda ta`mirlanmoqda. Shuningdek bu erda turli musobaqalar o`tkazish barobarida ot sporti maktabi ham tashkil etiladi. Mutaxassislarning fikricha, ushbu inshoot Markaziy Osiyodagi eng yaxshi otchoparlar qatoridan joy oladi.

    Boshqa yangiliklar