AsosiyJamiyat

Artel mahsulotlarini endi internet orqali harid qilish mumkin

O`zbekistonda Artel savdo belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan texnikalarni endi artelmarket.uz  internet-do`koni orqali harid qilish mumkin, deya xabar beradi ictnews.uz.

Loyiha rahbari Yuliya Yo`ldoshevaning ma`lum qilishicha, hozirda virtual do`kon orqali savdo boshlangan. Shuningdek, hozirda ishlab chiqaruvchi Click kompaniyasi bilan muzokaralar olib borib, ushbu tizim orqali internet-do`kon mahsulotlari uchun to`lov amalga oshirish shartlarini muhokama qilmoqda.

Internet do`kon orqali harid qilingan Artel mahsulotlari Toshkent bo`yicha bepul etkazib beriladi, to`lov mahsulot etkazib berilgandan so`ng naqd pul yoki plastik kartochka yordamida amalga oshiriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar