Yakshanba kuni Italiya karabinerlari (otliq jandarmi) Neapol yakinida soxta pul chiqaruvchi firibgardan qirq million evro pulni musodara qildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Torre-del-Greko da yashovchi soxta pul chiqarishda gumon qilinayotgan shaxsning uyi tintuv qilinayotganda, omborxona ichida bir nechta suv o`tkazmaydigan qopqoqlar bilan qattiq berkitilgan bochkalar karabinerlarning diqqatini tortdi.
Ular ochilganida kabardinerlar 90 ta paketga joylashtirilgan, 50 va 100 evrolik kupyuralardan iborat, qiymati 41 million evro bo`lgan soxta pullarni topishdi.
Banknotlardan tashqari, bochka ichidan 50 evrolik pullarni chop etuvchi uskuna va sinov uchun chiqarilgan qog`oz pul varaqalari topildi.
Mahalliy OAV ning ma`lumotlariga ko`ra, musodara qilingan barcha pullarni sanash uchun olti kishi va besh soat vaqt kerak bo`lgan.






