AsosiyJamiyat

Yangi yo`lovchi poezd qatnovi yo`lga qo`yildi

“O`zbekiston temir yo`llari” DATK yangi yo`lovchi poezd qatnovini amalga oshirishni boshladi.

2 maydan Buxoro-Urganch-Buxoro yo`nalishi bo`ylab harakatlanadigan poezd qatnovi haftasiga bir marotaba amalga oshiriladi. Bu haqda “O`ztemiryo`lyo`lovchi” OAJ xabar beradi.

Poezd haftaning juma kuni Buxorodan soat 20-07 da yo`lga chiqib, shanba kuni 08-30 da Urganchga etib boradi. Urganchdan ortga Buxoroga shanba kuni soat 19:00 da otlanib, manzilga yakshanba soat 07:15 da keladi.

    Boshqa yangiliklar