O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi Alisher Xadjaev Qozog`istonning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Erik Utembaev bilan uchrashdi. Muloqot chog`ida ikki mamlakatning axborot sohasidagi o`zaro hamkorligi bo`yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi, deya ma`lum qildi "Xalq so`zi" nashri "Kazinform" axborot agentligi xabari asosida.
Unda imzolangan shartnomalar, kelishuvlar va maslahatlashuvlar asosida, shuningdek, ikki davlat hududida teleradiodasturlarni erkin almashish va tarqatish yo`li bilan yagona axborot maydonini yaratish imkoniyatlari ko`rib chiqildi.
U har ikki davlat iqtisodiyotini raqamlashtirish uchun axborot makonida yaqindan integrasiyani yo`lga qo`yish va o`zaro qo`shma texnologiyalarni yaratishi muhimligi haqida ham to`xtalib o`tildi.
MTRK raisi axborot maydonida hamkorlik qilish va birgalikdagi sa`y-harakatlar bilan Markaziy Osiyoda o`ziga xos keskin o`sish namoyish etish orqali mustahkam aloqalar bo`yicha barchaga namuna ko`rsatishga tayyor ekanligini bildirdi.