1

Olib qochilgan “Spark” avtoulovi jabrlanuvchiga qaytarildi

Jamiyat 13.02.2018, 10:02
Olib qochilgan “Spark” avtoulovi jabrlanuvchiga qaytarildi

Toshkent viloyati Qibray tumani ichki ishlar bo`limiga “Yuqori yuz” mahallasida yashovchi 1987 yilda tug`ilgan fuqaro V.Saidov (ism-shariflar o`zgartirilgan) ariza bilan murojaat qildi. Joriy yil 5 fevral kuni soat 18:00 da o`ziga tegishli “Spark” rusumli avtomashinasini uyi oldiga qo`ygani, lekin keyinroq u avtomashinasi qo`ygan joyida yo`qligi va noma`lum shaxs tomonidan olib qochilganini ma`lum qilgan.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida jabrlanuvchiga tegishli avtomashina Toshkent shahar, Mirzo Ulug`bek tumani, TTZ-1 dahasi hududidagi ko`p qavatli uylar oldidan topildi. Avtomashina salonida bo`lgan V.Saidovga tegishli video kuzatuv moslamasi, flesh kartasi, plastik kartochkasi va pullari bo`lgan qopchig`i, qo`l soati, shaxsiy imzosi tushirilgan muhr va avtoulov kaliti yo`qolgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni hududda yashovchi, 1991 yilda tug`ilgan M.Sharipov sodir etgani aniqlanib, ushlangan. Ayblanuvchiga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Tegishli jihozlar va “Spark” avtoulovi soz holatda jabrlanuvchiga qaytarildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1