AsosiyDunyo

"Saakashviling bilan xit qivording": Lyashkoning jonli efirdagi janjali

'"Saakashviling bilan xit qivording": Lyashkoning jonli efirdagi janjali'ning rasmi

Ukraina Oliy radasi deputati Oleg Lyashko Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili to`g`risidagi savol tufayli "112" telekanalining jonli efirida janjal ko`tardi, deb xabar berdi Sputnik.uz nashri.


Boshlovchilardan biri parlament vakilidan bir kun avval sodir bo`lgan hodisa: Saakashvilining Ukrainadan Polshaga chiqarib yuborilishiga izoh berishni so`ragan. Ammo Lyashko bu mavzuda gapirishdan bosh tortgan va suhbatni Rossiya-Ukraina munosabatlari tomon burishga harakat qilgan.

Jurnalist Gruziyaning sobiq prezidenti haqidagi savolini eslatgach, siyosatchi o`zini tutib tura olmagan va suhbatdoshiga o`shqirib bergan.

"Vladimir, sen o`zingning Saakashviling bilan meni xit qivording", — deb ta`kidlagan Lyashko ovozini balandlatib.

Shundan so`ng boshlovchilar siyosatchini tinchlantirishga va o`zaro hurmatga chaqirishga harakat qilishgan.


"Biz siz bizni xit qivordingiz, demaymiz-ku!" — degan javoban jurnalist qiz.

Bir-birining gapini bo`lib, suhbatdoshlar va nihoyat aytishuvga nuqta qo`yishgan, ammo shunday bo`lsada, jurnalistlar o`zlarini qiziqtirgan savolga Lyashkodan javob ololmaganlar.

Eslatib o`tamiz, Ukraina hukumati dushanba kuni Saakashvilini Polshaga chiqarib yuborishgan. Gruziyaning sobiq prezidenti o`tgan yil kuz mavsumida aynan shu davlatdan Ukraina hududiga noqonuniy ravishda kirib kelganligi aytilmoqda. Polsha chegara xizmati Saakashvilining Varshavaga kelganligini rasman tasdiqlagan.




    Boshqa yangiliklar