Aviasiya qo`mitasi 13 fevral kuni AN-148ga tegishli bo`lgan bort yozuvchi mashinasidagi ma`lumotlarni shifrdan chiqardi.
Birlamchi o`rganishlar shuni ko`rsatmoqdaki, falokatga muzlab qolgan tezlik priborlarining ko`rsatgan noto`g`ri ma`lumotlari sabab bo`lgan bo`lishi mumkin. Jumladan, ushbu priborlardan biri samolyot havoga ko`tarilganidan 2,5 daqiqa o`tib soatiga 0 km.ni ko`rsatgan bo`lsa, ikkinchisi 800 km.ni ko`rsatgan.
Eslatib o`tamiz, “Saratov avialiniyalari”ning samolyoti “Domodedovo” aeroportidan osmonga ko`tarilganida bir necha daqiqa o`tib erga qulab tushdi. Barcha 65 passajir va 6 nafar ekipaj a`zosi halok bo`ldi.
Hozirda ikkinchi bort yozuvchi mashinani o`rganish ishlari davom etmoqda.