AsosiyDunyo

Qozog`istonda buzilib qolgan avtobusdagi 55 o`zbekistonlikka yordam ko`rsatildi

'Qozog`istonda buzilib qolgan avtobusdagi 55 o`zbekistonlikka yordam ko`rsatildi'ning rasmi

Qozog`istonning Pavlodar viloyatidagi trassada avtobus buzilib qolishi natijasida viloyat markazigacha etib borolmagan 55 o`zbekistonlikka yordam ko`rsatildi, deb xabar beradi "Podrobno.uz".

Rossiyaga ketayotgan avtobus Dostik qishlog`i yaqinida buzilib qolgan.

Mahalliy polisiyachilar yo`lovchilarni mahalliy maktab binosiga olib borishdi, ular issiq joy va egulik bilan ta`minlanishdi.

Buzilib qolgan transport vositasi Pavlodarga olib ketilgan.

Yo`lovchilar esa boshqa avtobusda Rossiya chegarasigacha olib borib qo`yilgan. Chegarada esa migrantlar Rossiya avtobusiga o`tkazilgan.

Bu o`tgan ikki oy ichida Qozog`iston hududida migrantlar mingan avtobuslar bilan sodir bo`lgan uchinchi holatdir.

    Boshqa yangiliklar