1

Prezident maktabgacha ta`lim tizimini isloh qilishga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishini o`tkazdni

Siyosat 15.02.2018, 09:54
Prezident maktabgacha ta`lim tizimini isloh qilishga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishini o`tkazdni

Ayni paytda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida maktabgacha ta`lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo`yicha ko`rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma`lum qildi.

Unda maktabgacha ta`lim muassasalarining joylardagi ahvoli, sohadagi ishlarni jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilinmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoev bu tizimni har tomonlama tahlil qilib, shu paytgacha nazardan chetda qolgan eng kichik jihatlargacha e`tibor qaratdi.

Yig`ilishda maktabgacha ta`lim muassasalarini qurish, ta`mirlash va jihozlash, davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy bog`chalar tashkil etish, ularda bolalarni belgilangan me`yorlar asosida to`g`ri va sifatli ovqatlantirish, tarbiyachilarning saviyasi, bilimi va ko`nikmalarini oshirish kabi qator dolzarb vazifalar muhokama qilinmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1