AsosiyDunyo

Och sherlar brakonerning faqatgina kalla-pochasini qoldirdi

'Och sherlar brakonerning faqatgina kalla-pochasini qoldirdi'ning rasmi

Janubiy Afrika respublikasida och sherlar brakonerlikda gumon qilingan erkakni eb qo`yishdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Polisiyaning ma`lumot berishicha, 12 fevral kuni Kryuger Milliy parkida o`t-o`lanlar ustidan odam jasadi qoldiqlari topilgan. So`nggi yillarda bu erda brakonerlik juda kuchaygan.Aftidan erkak ov qilish maqsadida qo`riqxonaga kelgan.

Sherlar erkakni butunlay eb, faqat boshi va ichki a`zolarini qoldirgan. Jasad qoldiqlari yonidan o`qlangan qurol topilgan. Polisiya halok bo`lgan odamning shaxsini aniqlamoqda.

JARda brakonerlar tez-tez sherlarni ov qilishadi. Sherning ba`zi tana a`zolari an`anaviy tabobatda dori-darmon sifatida ishlatiladi. Ovchilar karkidonlarni ham tinch qo`yishmaydi.

    Boshqa yangiliklar