"Evropa - Markaziy Osiyo" Evropa axborot-tahliliy markazi ekspertlari qanday choralar Evropa Ittifoqiga Markaziy Osiyoda mustahkam o`rnashib olishiga yordam berayotgani borasida o`z fikrlarini bildirdilar, deb xabar berdi Sputnik. Uz nashri.
Evropa Ittifoqi Markaziy osiyo mamlakatlariga Xitoy va Rossiya singari investisiyalar va iqtisodiy yordamni taqdim eta olmaydi, shu bois tashkilot ushbu mamlakatlarda obro`-e`tibor qozonish uchun "madaniy"qurol va ta`lim bilan kurash olib borishga majbur. "Evropa — Markaziy Osiyo" Evropa axborot-tahliliy markazi (EUCAM) tomonidan chiqarilgan yangi maqolalar to`plamida xuddi shunday fikrlar bayon etilgan.
Osiyodagi yolg`izlik
Donald Tramp AQShdagi saylovlarda g`alaba qozongach, Evropa Ittifoqi Markaziy Osiyoda inson huquqlari uchun kurashda o`zini yolg`izlangan his qilmoqda. Buning ustiga, 2017 yilda EIning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarni shakllantirish strategiyasi aniq amaliy harakatlar rejasiga ega emas va muvaffaqiyatni anglatadigan aniq ko`rsatkichlar belgilanmagan, deb hisoblaydi EUCAM koordinatori Yos Bunstr.
EIning yangi hujjati Rossiya, Xitoy va AQShning mintaqadagi dasturlari fonida g`arib ko`rinishga ega. Misol uchun, Qo`shma Shtatlar Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan S5+1 formatida hamkorlik qiladi, Rossiya ikkitomonlama shartnomalar va EOII va ODKB orqali bog`langan, Xitoy esa "Bitta kamar — bitta yo`l" tashabbusi orqali mintaqa taraqqiyotiga faol tarzda investisiya kiritib kelmoqda.
Evropalik ekspertlarni bir savol qiziqtirmoqda — birlashgan Evropa qanday qilsa-ki Markaziy Osiyoda AQShdan ko`ra kattaroq nufuzga ega bo`ladi, har erda nomi tilga olinadigan Rossiyadan ko`ra qudratliroq bo`ladi, va investisiyalarda Xitoydan ko`ra xilma-xillikni olib kira oladi.
Qalblarni tanqid orqali zabt etmoq
EUCAM tomonidan savolga tutilgan ekspertlar fikriga ko`ra, madaniy almashinuv va inson huquqlari uchun kurash Markaziy Osiyoga ta`sir ko`rsatish mexanizmiga aylanishi mumkin, diniy bag`rikenglikni targ`ib qilish va diniy erkinlikka bo`lgan hurmat esa mintaqa aholisini Evropa tomon burishi mumkin.
Ammo ekspertlar "diniy bag`rikenglikni ilgari surish" bo`yicha aniq choralarni taklif qila olmadilar — ammo Evropa Ittifoqi ushbu masalada yolg`izlanib qolishini alohida ta`kidlab o`tdilar.
Evropa Ittifoqining mavqeini mustahkamlashga oliy va o`rta maxsus ta`lim dasturlari ham yordam berishi mumkin. Ushbu yo`nalishda Bryussel ma`lum muvaffaqiyatni qozonga ham — Qozog`iston Bolon jarayoniga qo`shildi, Nazarbayev University Amerika va Evropa institutlari bilan faol hamkorlikni yo`lga qo`ygan, KIMEP universiteti esa talabalar almashinuvi dasturi Erasmus+ ga qo`shilgan.
Ammo markaziy osiyolik talabalar baribir Xitoy va Rossiyada o`qishni ma`qul ko`radilar (aytgancha, Rossiya ham xuddi Qozog`iston singari Bolon jarayoniga qo`shilgan, universitetlarining bir qismi esa Erasmus+ dasturida ishtirok etadi).
Shuningdek, ekspertlar fikriga ko`ra, Evropa Ittifoqiga Markaziy Osiyoda mustahkam o`rin olishida mehnat migrantlari uchun maxsus kurslar ham yordam berishi mumkin. Mehnat migrantlarini Evropada biznes yuritishni o`rgatadilar va uylariga qaytishlariga yordam beradilar. Ekspertlar Yaqin Sharq va Tropik Afrika mamlakatlarini yorqin misol tarzida keltirib o`tganlar.
Pul yo`q
Ta`lim sohasida hamkorlik va kichik biznesni qo`llab-quvvatlash — Evropa Ittifoqidan bo`ladigan yagona taklif mana shulardir. Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik o`rnatish borasida gap borar ekan, iqtisod asosiy mavzu o`rnini egallamaydi, deyiladi tadqiqotda. Bryussel moliyaviy yordam bera olishi mumkin, faqat bu yordam — Qirg`iziston va Tojikistonda ishsizlikning salbiy oqibatlarini sal bo`lsada to`g`irlashga yo`g`rilgan bo`ladi.
EUCAM ekspertlari fikriga ko`ra, Evropa o`z oldiga qo`ygan ulkan maqsadlarda maksimal darajada aniqlashtirishi va o`z maqsad hamda tasavvurlariga o`zgartish kiritishi lozim.
M.V Lomonosov nomidagi MDU politologiya fakulteti professori Andrey Manoylo Sputnik O`zbekistonga bergan izohida ushbu choralar nokonstruktiv ko`rinishga ega, deya ta`kidladi.
Markaziy Osiyoga nisbatan bunday choralar konstruktiv emas va evropaliklar bu orqali nimagadir erishishlari qiyin. Mintaqa o`z spesifikasiga ega, taraqqiyotining ham o`ziga xos jihatlari bor", — deya izoh berdi siyosatshunos.
Manoyloga ko`ra, Markaziy osiyo mamlakatlari birinchi navbatda maslahat xizmatlarida emas, balki investisiyalarga muhtoj. Ularga iqtisodiyot taraqqiyoti uchun real xom-ashyo resurslarini kiritadigan hamkorlar kerak.
EIning bu singari bayonotlari esa Evropadagi umumiy moliyaviy inqirozni o`zida aks ettirmoqda, deb hisoblaydi Manoylo.
"Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyoga kiritadigan bo`sh mablag`lari mavjud emas, ehtiyotkorona siyosat sababini shu bilan izohlash mumkin", — deb qo`shimcha qildi u.
EI Markaziy osiyodan o`z-o`zidan chiqib ketishi Evropa kompaniyalari mintaqaga sarmoya kiritmaydi degani emas, ammo Ko`hna dunyoning biznes-gigantlari uchun mintaqada, deylik o`sha Xitoy bilan raqobat qilish juda og`ir bo`ladi, deb ta`kidladi ekspert.






